SARIQ QARAG‘AY (Pinus ponderosa Douglas.) bo‘yi 50-70 m ga yetadigan daraxt. U qulay sharoitlarda 500 yilgacha yashashi mumkin. Shox-shabbasi piramida yoki konus shaklida. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Sariq qarag‘ay ochiq yerlarda qumloq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Deyarli sovuqqa chidamli. Yog‘ochi pishiq va o‘ziga xos hidli, xushmanzara daraxt. Bu qarag‘ay Shimoliy Amerikaning g‘arbiy hududlarida tarqalgan. U O‘zbekistonga ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida introduksiya qilingan. Introduksiya natijalari bu qarag‘ayni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ekish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Manba: Dendrologiya. 2012.
SARIQ QARAG'AY