SIVERS OLMASI

SIVERS OLMASI (Malus Sieversii.) bo‘yi 10-12 metrga  yetadigan, yoyiq shox-shabbali, tikansiz daraxt. Tabiiy sharoitlarda asosan urug‘dan va vegetativ ko‘payadi. Turning areali Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Tarbag‘atay va Afg‘onistonning shimolini qamrab olgan. Barcha tog‘li hududlarda 900-2500 m  balandliklarda janubiy, sharqiy va janubiy-sharqiy tog‘ yonbag‘irlarida uchraydi. Bu olma turi sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli tur, 150 yilgacha yashaydi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

SIRKA DARAXT

Next Article

SKUMPIYA