SERTUK BUZOQBOSH

SЕRTUK BUZOQBOSH (Halimocnemis lasiantha IIjin) Farg‘ona vodiysiga xos areali qisqarib borayotgan kamyob endemik o‘simlik. Iyul-sentabr oylarida gullab, meva beradi. Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Farg‘ona vodiysida tarqalgan. Tog‘ etaklarida, toshli-shag‘alli tuproqlarda, quruq o‘zanlarda o‘sadi. Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollari iste’mol qilishi va o‘simlik tarqalgan yerlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib bormoqda. O‘zR FA Botanika bog‘i tajriba dalasida o‘stirib ko‘rilganda ijobiy natija bermagan. Tabiiy holda o‘sib turgan joylarini saqlab qolish lozim. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

SEMENOV ZARANGI

Next Article

SIBIR OQQARAG'AYI