ROMАNTIK BOG‘ - shaxsning madaniy hordiq chiqaruvchi, hududda xotirjam, erkin va bir oz muddatda bo‘lsa ham madaniy hordiq chiqarishga mo‘ljallangan joydir. Romantik uslubdagi bog‘ XVIII-asrning oxirida paydo bo‘lgan bo‘lib, odatiy uslublarning elementlari joylashtirilgan, hududda qarovsiz qoldirilgan ko‘lmaklar, qadimgi qasrlar xarobalari, to‘siqlar, uzum ishkomlari, labirint bilan bog‘langan bo‘lgan. Barpo etiladigan romantik bog‘lar mo‘l-ko‘l darajada yam-yashil o‘simliklar, imkon qadar egik (majnuntol, chirmashib o‘suvchi atirgullar singari) o‘suvchi daraxtlar va butalar asosida barpo etilishi lozim bo‘ladi. Romantika turli millat vakillarida quyidagicha talqin qilingan, jumladan: Fransuzcha romantizm, Ispan romantikasi va ingliz romantikasi XVIII-asrda “g‘alati”, “hayoliy”, “go‘zal” degan maʼnoni anglatgan. Har bir inson, peyzaj dizayneri yoki hudud egasi, yoki parklarda tashrif buyuruvchilar, romantik uslubni o‘ziga xos tarzda qabul qiladilar va ushbu uslubni romantik tuyg‘ular, xotiralari bilan uyg‘unlashtiradilar. Manba: Manzarali bog‘dorchilik. 2021.
English
Русский
Deutsch
Prev Article