QORAG'AT

QORAG‘AT (Ribes L.) turkumiga butalar kiradi. Mevasi ko‘p urug‘li, ho‘l rezavor meva. Qorag‘at urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamchadan va parxish yo‘li bilan ham ko‘paytiriladi. Turkumning madaniy shakllari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular mevasi uchun ko‘p ekiladi. Yovvoyi holda o‘sadiganlari orasida shunday shakllari borki, ularning ham mevasini yeyish mumkin, shuning uchun ularni ham madaniy turlar qatoriga kiritish va ekish zarur. Аyrim turlari manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Bu turkumda 100 dan ortiq turlari mavjud. 

Prev Article

QORA АNJIR

Next Article

QORAG'ATDOSHLAR