QIZIL MARJONDARAXT (Sambucus racemosa L.) buta yoki kichik daraxt bo‘lib, may oyida gullaydi, guli nektarli. Mevasi qizil, shingilcha hosil qiladi. Bu buta MDHning Yevropa qismida va Sibirdan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan joylarda ignabargli va aralash o‘rmonlarda tarqalgan. Soyaga birmuncha chidamli. Unumdor yerda yaxshi o‘sadi. Qora va qizil marjondaraxt o‘rmonlarning meliorativ holatini yaxshilashda ko‘p ekiladi. O‘zbekiston sharoitlarida marjondaraxtning 8 turi o‘stiriladi. Ular Shimoliy Amerikadan, Uzoq Sharqdan, Yevropadan va boshqa joylardan keltirilgan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
QIZIL MARJONDARAXT