QORАQАYINDOSHLАR (Fagaceae) oilasining vakillari baland bo‘yli katta daraxtlar, barglari oddiy tuzilgan bo‘lib, navbat bilan joylashadi, ayrim turlarining bargi kuzda to‘kilmay, qish bo‘yi saqlanadi. Gullari ayrim jinsli, yig‘ilib kuchala hosil qiladi yoki novdalardagi barglari qo‘ltig‘ida to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi. Erkak gulida 5-20 ta changi bo‘ladi. Urg‘ochi guli ikkitadan yoki uchtadan bo‘lib joylashadi. Mevasi bir urug‘li bo‘lib, po‘sti qattiq yog‘ochlashgan. Yetilganda o‘ramadan ajralib yerga tushadi. Urug‘i endospermasiz.
QORАQАYINDOSHLАR