QIZILGULLI KАRRАK (Cousinia rhodantha Kult.) O‘zbekistonning janubidagi juda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 25 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Iyun–iyul oylarida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasining g‘arbiy tarmoqlari, Ko‘hitangning janubiy tog‘ etaklari, Sherobod vodiysida tarqalgan. Qoldiq tog‘lardagi ola jinslarda o‘sadi. Tabiatda juda kam uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida maʼlumotlar yo‘q. Аlohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
QIZILGULLI KАRRАK