QIZILDOSHLAR

QIZILDOSHLAR (Cornaceae) - soyabonguldoshlarga yaqin daraxt o‘simliklar oilasi. Bu oilaga 10 ta turkum (115 ta tur) kiradi. Ko‘pchiligining barglari tekis, oddiy, qarama-qarshi o‘rnashgan, gullari to‘g‘ri va qismlari to‘rttadan, soyabonsimon, ro‘vaksimon yoki kallak to‘pgullarga yig‘ilgan. Mevalari yumshoq yoki danakli.