QORAQAYIN

QORAQAYIN (Fagus L.) turkumining vakillari baland bo‘yli daraxtlardir. Bu daraxtlar yoshligida sekin o‘sadi. 40-60 yoshidan boshlab tez o‘sa boshlaydi. Ildizi baquvvat bo‘lib, yerga chuqur kirmaydi. Unda mikoriza rivojlanganidan ular mikotrof o‘simliklar deb ataladi. Soyaga chidamli daraxt, shox-shabbasi qalin bo‘lib, yorug‘ni o‘tkazmaydi. Ular mo‘tadil iqlimli hududlarda tarqalgan. Unumdor yerda yaxshi o‘sadi. MDH florasida qoraqayinning ikkita turi-o‘rmon qoraqayini (Fagus silvatica L.) va Sharq qoraqayini (Fagus orientalis Lipsky) tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

BEECH

Русский

БУК

Deutsch

BUCHE

Prev Article

QORAQARAG'AY

Next Article

QORATERAK