QIZILTOMIR ASTRАGАL

QIZILTOMIR АSTRАGАL (Astragalus rubrivenosus Gontsch.) G‘arbiy Tyan-Shanda juda kichik maydonlarda saqlanib qolgan endemik o‘simlik. Bo‘yi 3-4 sm keladigan, yer bag‘irlab o‘suvchi ko‘p yillik, deyarli poyasiz o‘t. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi. Toshkent viloyati, Chotqol tizmasidagi Oqsoqotasoy, Boshqizilsoy, Ertoshsoy hamda Serkalisoylarda tarqalgan. Dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikdagi toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Juda kam uchraydi. Аniqlangan populyatsiyalaridagi tuplarning soni 3,5-4 mingtani tashkil etadi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealinnng o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida maʼlumotlar yo‘q. O‘simlik populyatsiyasining katta qismi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida, Ugom-Chotqol biosfera rezervatida va Ugom-Chotqol millim tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.