PADUBBARGLI MAGONIYA

PADUBBARGLI MAGONIYA (Mahonia aquifolium Nutt.) past bo‘yli, yerga yotib o‘sadigan buta bo‘lib, barglari qattiq, to‘q yashil rangda. U may oyida gullaydi. Rezavor mevasi seret, qoramtir, havorang, yumaloq shaklda bo‘lib, ular kuzda yetiladi. Ushbu buta bizda, asosan, manzarali buta sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda chiroyli. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Ildizidan oson bachkilaydi, soyada ham o‘saveradi. O‘rmon melioratsiyasi ishlarida, ko‘kalamzorlashtirishda ayniqsa, tog‘li hududlardagi shahar va qishloqlarda manzarali o‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Next Article

PAKANA KЕDR