PAKANA KЕDR (Pinus pumila Rgl.) yer bag‘irlab o‘sadigan daraxtlardan biri hisoblanadi. Sharoit qulay bo‘lsa, bo‘yi 6 m gacha ko‘tariladi. Pakana kedr urug‘idan yaxshi ko‘payadi, ildizidan bachkilash xususiyatiga ega. Qish kelgach kedrning yer bag‘irlab o‘sayotgan shox-shabbasi qor tagida qoladi va shu holda qishlaydi. Novdalari sertuk va tuklari sersmola bo‘lib, qattiq sovuq iqlimga moslashgan. Bu uning ajoyib ekologik xususiyatlaridan biridir. Yer bag‘irlab o‘sadigan kedr joylarda qum harakatini, shamol uchiradigan qor harakatini to‘sish, shuningdek, turli qiyaliklarni ko‘kalamzorlashtirishda katta ahamiyatga ega. Uning urug‘idan «yong‘oq suti» olinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
PAKANA KЕDR