PALLAS QARAG'AYI

PALLAS QARAG‘AYI (Pinus Pallasiana Lamb.) bo‘yi 35 m, diametri 50 smgacha yetadigan yirik daraxt. O‘q va yonlama ildizlari yaxshi rivojlanadi. U soyasevar bo‘lib, oddiy qarag‘ayga nisbatan unumdor tuproqni xohlaydi, quruq ohakli, qumli va qumloq tuproqli yerlarda ayniqsa yaxshi o‘sadi. Bu qarag‘ay 500-600 yil yashashi mumkin. Qarag‘ay ihota daraxtzorlari barpo qilish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida ekiladi. U Qrim, Kavkaz tog‘larida, O‘rta yer dengizi mamlakatlarida uchraydi. Bu hududlarda oddiy qarag‘ay va eman bilan birgalikda o‘sadi yoki tabiiy toza qarag‘ayzorlar hosil qiladi. O‘zbekistonda Samarqand, Toshkent, Аndijon viloyatlari hamda Piskent, Omonqo‘ton, Oqtoshda uning yoshi 100 oshgan daraxtlari hozirda ham yaxshi o‘smoqda. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

PAKANA KЕDR

Next Article

PASTAK BUTALAR