PUFAK ASTRAGAL (Astragalus leptophysus Vved.) G‘arbiy Pomir-Oloyda kichik maydonlarda tarqalgan relikt, endemik o‘simlik. Ko‘p yillik poyasiz o‘t. Ingichka novdalari faqat tuproq ostida rivojlanadi. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Samarqand va Jizzax viloyatlari, Turkiston tizmasi va Nurota tog‘larida tarqalgan. Tojikistonda (Fatmovut qishlog‘i atroflarida) ham uchraydi. Har xil o‘tlar, shuvoqlar va archazorlar orasida hamda toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda va surilmalarda o‘sadi. Juda kam. Yakka-yakka holda, shuningdek 10-20 ta o‘simlikdan iborat kichik to‘plar, holida uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi o‘simliklarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Nurota davlat qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
PUFAK ASTRAGAL