PISTADOSHLAR (Anacardiaceae) - Bu oila tarkibida daraxt va butalar bo‘lib, ular tropik va subtropik, ayrim turlari mo‘tadil iqlimli zonalarda tarqalgan. Turkum tarkibida 8 ta tur bo‘lib, ular O‘rta Yer dengizi mamlakatlarida, Xitoyda va Meksikada tarqalgan. MDH florasida 2 turi uchraydi. Markaziy Osiyoda turkumning bitta handon pista (Pistacia vera L) turi o‘sadi. Mevasi juda mazali, iste’mol qilinadi va oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Mag‘zi tarkibida 60-70% moy bor. Tanasidan smola olinadi. Tanasi, bargi va mevalarida xushbo‘y efir moyi bo‘ladi. Bargida tannid moddasi bor. Xandon pista Markaziy Osiyodagi tog‘ qiyaliklarida yovvoyi holda o‘sadi. U Markaziy Osiyoda, Kavkazorti va Qrimda ko‘p ekiladi. Qurg‘oqchilikka va issiqqa juda chidamli. Ko‘p sug‘orilsa yoki yerda nam haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, qurib qoladi. Pista asosan urug‘dan ko‘paytiriladi.
English
Русский
Deutsch
Prev Article