ODDIY OLCHA

ODDIY OLCHA (Cerasus vulgaris L.) balandligi 6-7 metr bo‘lgan kichik daraxt. Barglari 7 sm gacha uzunlikda, chekkalari arrasimon. Gullari oq, barg chiqarmasdan gullaydi. Mevasi sharsimon shaklda seret, to‘q-qizil muhim oziq-ovqat ahamiyatiga ega, sovuqqa chidamli. Olcha asosida ko‘pgina madaniy navlar yaratilgan, ular orasida keng tarqalgani «shpanka» navidir. Mashhur seleksioner olim I.V.Michurin olchaning 25 navini yaratgan. Olcha tog‘larda o‘rmon melioratsiya maqsadlari uchun ko‘plab ekiladi. Manba: Manzarali dendrologiya 2022.