OLXO'RI BARGLI OLMA

OLXO‘RI BARGLI OLMA (Malus prunifolia Boerkh) bo‘yi 10 m keladigan daraxt. Yosh novdalari sariq-jigar rangda. Barglari tuxumsimon yoki ellipsimon, bo‘yi 8-12 sm uchi o‘tkir, cheti tishchali, yuz tomoni to‘q yashil, orqa tomoni yashil, tukli yoki tuksiz, yaltiroq, bandi ingichka, tukli qizg‘ish rangda bo‘ladi. Soxta mevasi 2-4 tadan bo‘lib joylashadi, ular yumaloq yoki tuxumsimon, diametri 2,5 sm, sariq yoki qizil. Urug‘i mayda. Bu olma asosan Xitoyda  tarqalgan, aprel oyida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi. Mevasi yetilgan vaqtda daraxt juda chiroyli bo‘lib ko‘rinadi. Seleksiya ishlarida juda katta ahamiyatga ega. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

OLXO'RI

Next Article

OLXO'RI QURTI