OVAL KARIYA (Carya ovata K.Koch.), bo‘yi 40 m ga diametri 1,5 m ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi ixcham, shoxlari osilib o‘sadi. Barglari besh bargchali, ular qalin joylashgan, nihoyatda go‘zal. Mevasi ezik, qirrali, po‘sti qalin, mag‘zi iste’mol qilinadi. Uning yong‘og‘ini mahalliy hindu xalqi oziq-ovqat sifatida iste’mol qiladi. Undan sut, yog‘ olinadi va tolqonli tortlar tayyorlanadi. U -350 gacha bo‘lgan sovuqda zararlanmaydi. Yog‘ochi qattiq bo‘lib, qiyin yoriladi, yuqori kaloriyali yoqilg‘i sifatida, mashinasozlikda foydalaniladi. Shimoliy Amerikada tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2015.
English
Русский
Deutsch
Prev Article