ODDIY CHETAN (Sorbus aucuparia L.) bo‘yi 5-15 m ga yetadigan daraxt, baʼzan buta. May-iyun oylarida gullaydi, gullari oq, xushbo‘y bo‘lib, yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Mevasi yumaloq, tiniq novvoti-qizil bo‘ladi va sentabr oyida yetiladi, ammo daraxtda ko‘p vaqt saqlanadi. Mevasi achchiq bo‘lsa-da, yeyish mumkin, ayniqsa sovuqdan keyin juda xushtaʼm bo‘ladi. Uni qushlar ko‘plab isteʼmol qiladi. Unumdor yerda yaxshi o‘sadi. Tog‘ qiyaliklaridagi toshli yerlarda ko‘p uchraydi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Mevasidan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Ular yetilganda daraxti nihoyatda chiroyli bo‘lib ko‘rinadi, shuning uchun u manzarali daraxt sifatida ko‘p ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
ODDIY CHETAN