ODDIY SHUMURT (Padus racemosa Gilib) - bo‘yi baland, shox-shabbasi keng buta. Tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i qora kulrangda, barglari yupqa, cho‘ziq ellips shaklida, xushbo‘y. Aprel oyida gullaydi. Kavkazda va Markaziy Osiyoda ham tarqalgan, asosan daryo qirg‘oqlarida, zax joylarda o‘sadi. Soyaga chidamli, quruq tuproqli ochiq yerlarda yaxshi o‘smaydi. Buta shakllarining shox-shabbasi egilib yerga tegishi mumkin. Shu yerga tekkan joyidan ildiz oladi va yangi o‘simlik rivojlanadi. Uning bargida azot, kaliy va kalsiy ko‘p. To‘kilgan barglari chirib, yerni o‘g‘itga boyitadi. Shuning uchun o‘rmonzorlarda ekiladi. Manba: Dendrologiya 2015.
English
Русский
Deutsch
Prev Article