OSILUVCHAN QULONQUYRUQ

OSILUVCHAN (EGILUVCHAN) QULONQUYRUQ (Eremosparton flaccinum Litv.) Qizilqumda tarqalgan kamyob o‘simlik. Shoxlari ingichka tuklar bilan qoplangan, balandligi 5-6 m gacha yetadigan sershox buta. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Buxoro, Navoiy viloyatlari, Qizilqum-Kalla, Yangiqazgan va Oqtoshli Quduqdari atroflarida tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi. Qum barxanlarida o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining yil davomida muttasil boqilishi va qulonquyruqdan o‘tin sifatida foydalanilishi o‘simlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Chorva mollarining boqilishini tartibga solish va o‘simlikdan o‘tin sifatida foydalanishni ta’qiqlash lozim. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016. 

Prev Article

OSHLOVCHI TOTIM

Next Article

OVAL KARIYA