OLMA BITI - olma navlariga ko‘proq tushadi. So‘nggi bo‘g‘inning urg‘ochi bitlari chatishgandan keyin tuxum qo‘yadi. Har bir urg‘ochi bit yosh novdalarga 1-5 tadan tuxum qo‘yadi. Kuzda, daraxt barglari to‘kilgandan keyin barg bitlarining qora tuxumlari ko‘zga yaqqol ko‘rinib qoladi. Tuxumlardan kelgusi yil ko‘klamidagina lichinkalar chiqadi. Quvvatdan ketgan, bit tuxum qo‘ygan shoxlarni ko‘klamda kesib tashlab, albatta kuydirish kerak. Bahorda daraxtlar gullashdan oldin yoki keyin, albatta barglari burishmasdan oldin dori purkaladi yoki changlanadi, chunki insektitsid burishgan barglarning ichiga kira olmaydi, bitlarni o‘ldirmaydi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article