OLMA daraxti (Malus) turkumida 60 dan ortiq tur bo‘lib, ular mo‘tadil iqlimli zonalarda o‘sadi. MDH florasida 15 turi uchraydi. Ko‘p turi yovvoyi holda o‘sadi. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘rmon olmasi, mayda mevali olma, qizil olma turlari diqqatga sazovor. Markaziy Osiyo tog‘ o‘rmonlari yovvoyi olmaning boy genofondiga ega. Olma kichik daraxt, barglari oddiy tuzilgan, bandli, cheti tekis, yonbargchali. Gullari yig‘ilib soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. Manba: Dendrologiya 2015.
OLMA