NA’MATAK (Rosa L.) turkumi turlari tog‘li hududlarda 1000-2800 metr dengiz sathidan balandliklarda keng tarqalgan. O‘zbekistonda 17 ta na’matak turlari tabiiy tarqalgan bo‘lib, ular o‘z navbatida yuqori va past vitaminli na’matak turlari seksiyalariga ajratilgan. Na’matak mevalari C vitamini (askorbin kislotasi) miqdoriga ko‘ra o‘simlik dunyosida birinchi o‘rinda turadi va shunga ko‘ra uning mevalari “tabiiy vitaminlar konsentrati” deb ataladi. Na’matak turkumiga 120 dan ortiq tur kiritilgan, shundan 32 turi Markaziy Osiyoda uchraydi. Na’mataklar asosan 800-2800 metr dengiz sathidan balandliklardagi tog‘ yonbag‘irlarida, shimoliy yonbag‘irlarda, ko‘proq tog‘ daryolari havzalarida o‘sadi. Bundan tashqari mevasida qandlar, karotin, limon kislotasi, pektin, oshlovchi moddalar mavjud. Na’matakning ko‘p turlari qurg‘oqchilikka chidamliligi va tuproq tanlamasligi bilan ajralib turadi.
NA’MATAK