NOK (Pyrus) turkumiga asosan daraxtlar kiradi, ko‘pincha shoxlari tikanli bo‘ladi. Barglari oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi, kuzda to‘kilib ketadi. Yon bargchalari bo‘lib, ular tez to‘kilib ketadi, gullar oq yoki pushti, yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Mevasi sershira, mazali bo‘lganidan yeyiladi, konditer va konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu turkumning 60 dan ortiq turi bor, ular asosan mo‘tadil iqlimli hududlarda tarqalgan. MDH da 15 turi uchraydi. Toshkent Botanika bog‘iga 10 ta turi introduksiya qilingan, ularning 3 tasi Markaziy Osiyo, 2 tasi Yevropa, 4 tasi Xitoy va 1 tasi Uzoq Sharq florasiga taalluqli.
NOK