NAMLIK

NAMLIK - yashil o‘simliklar hayotidagi eng muhim ekologik omillardan biri hisoblanadi. O‘simliklarning 90% ni suv tashkil etadi va shu sababli ham ayrim o‘simliklar suvsizlikka chidamsiz bo‘ladi, uzoq davom etuvchi suvsizlikda tez qurib qoladilar. O‘simliklar ildizi orqali turli mineral moddalarga boy bo‘lgan suv o‘zlashtiriladi. Bu suv organik moddalar sinteziga, transpiratsiya uchun va o‘simlikni turgor holatini saqlab turish uchun o‘simlik to‘qima va hujayralarida saqlanadi. O‘simliklardagi transpiratsiya jarayoni uchun ayniqsa, ko‘p suv sarflanadi.

Next Article

NAMSEVAR