NORJUZG‘UN (Calligonum eriopodum Bge.) Oq saksovulzorlarda, o‘simlik bilan qoplana boshlagan qum barxanlarida, shuningdek, qora saksovulzorlarda uchraydi. Balandligi 3-3,5 metr, baʼzida 8 metr bo‘ladigan buta. Аprel oyi oxirida gullaydi. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan, past-baland qumliklarda tarmoqlanib o‘sishga moslashgan. Tez o‘sadi. 12 yilda balandligi 5 metrga, tana asosining diametri 30 sm ga yetadi. Norjuzg‘un qumlarni to‘xtatish uchun o‘stiriladi. Markaziy Osiyoning cho‘l hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda ham qo‘llanishi mumkin. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
NORJUZG'UN