NOVBARGLI ZIRA

NOVBARGLI ZIRA (Bunium vaginatum Korovin) G‘arbiy Tyan-Shanning relikt, kamyob endemik o‘simligi. Ko‘p yillik, umuman tuksiz, polikarp o‘t o‘simlik. Mevasi uzunchoq-ovalsimon, 3 mm uzunlikda. May-iyunda gullab, mevalaydi. O‘zbekistondan tashqarida Qozog‘iston (Talas Olatog‘i, Sirdaryo Qoratog‘i)da tarqalgan. Suvayirg‘ichlarning yaqinidagi toshli-shag‘alli yonbag‘irliklarda o‘sadi. Tabiatda soni aniqlanmagan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. O‘sish joylari Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

NORMUSHK

Next Article

NOVDA