NOVDA - daraxtlar tanasi urug‘ unib chiqishi va undan hosil bo‘lgan niholning asosiy novdasini o‘sib rivojlanishi natijasida shakllanadi va tuproqdagi suvda erigan mineral moddalar ildiz orqali barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘lgan organik moddalarni butun o‘simlik tanasi bo‘ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Novda daraxt va butalarning yer ustki shox-shabbasini ushlab turishga yordam beradi. Niholni o‘sib rivojlanish jarayoni natijasida unda yosh yonlama shoxlar o‘sib chiqadi va ular ham o‘z navbatida shoxlay boshlaydi, bunday beto‘xtov shoxlanish natijasida daraxtning shox-shabbasi hosil bo‘ladi. Daraxtlar shox-shabbasi daraxt turi, yoshi va sharoitlariga bog‘liq holda turlicha: sharsimon, zontiksimon, konussimon, piramidal, majnuntolsimon shaklga ega bo‘ladi.
NOVDA