MAYDA GULLI OKSITROPIS

MAYDA GULLI OKSITROPIS (Oxytropis tyttantha Gonsch.) Hisor tizmasida tarqalgan endemik tur. Bo‘yi 10-20 sm, poyasiz ko‘p yillik o‘t. Avgust-sentyabr oylarida gullab, mevasi sentyabrda yetiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Hisor tizmasida Qashqadaryo, To‘palang, Sangardak daryolari havzalarida tarqalgan. Tog‘ning o‘rta  va yuqori qismlaridagi toshli va mayda tuproqli yonbag‘irlarda, yuzasi ochilib qolgan qizil tuproqlarda o‘sadi. Yakka-yakka holda tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.