MARGARITA MARMARAGI

MARGARITA MARMARAGI (Salvia margaritae Botsch.) Oloy tizmasidagi kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 50 sm ga yetadigan yarim buta. Iyunda gullab, mevasi iyul oyida yetiladi. Manzarali hamda dorivor o‘simlik. Farg‘ona viloyati, Oloy tizmasidagi Shohimardon daryosi vohasida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismida toshli va mayda jins-toshli ochiq yonbag‘irlarda va qoyalarda o‘sadi. Shohimardon daryosi havzasida 10-15 to‘pi borligi aniqlangan. Urug‘idan ko‘payadi. Urug‘idan yaxshi unmasligi, chorva mollari boqilishi, dam olish uylari qurilishi uning qisqarib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Bu turni madaniy sharoitda ekib o‘rganish lozim. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Next Article

MARJONDARAXT