MANGO (Mangifera L.) - anakarddoshlarga mansub tropik daraxtlar turkumi. Asosan, janubiy Osiyoda uchraydi. 30 ga yaqin turi ma’lum. Shulardan Mangifera indica turi ko‘proq tarqalgan. Barglari tekis qirg‘oqli, yorqin tusli, gullari ikki uyli. Bodring yoki kichikroq qovun shaklidagi mevasi uzun mevabandlarda osilib turadi. Bu mevaning bitta urug‘i bor.
MANGO