MANJURIYA YONG'OG'I

MANJURIYA YONG‘OG‘I (Juglans manshurica Maxim.) bo‘yi 25 m, diametri 90 sm li daraxt. Mag‘zi tarkibida 50% gacha moy bor, sifat jihatdan grek yong‘og‘idan qolishmaydi. Bargi tarkibida har xil moddalar, jumladan, alkaloidlar, oshlovchi moddalar va efir moylari bor, ulardan tibbiyotda raxit kabi kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Manjuriya yong‘og‘i Uzoq Sharqda, Koreyada, Shimoliy Xitoyda o‘rmonzorlarda, daryo qirg‘oqlarida tarqalgan. U tog‘lik yerlarda dengiz sathidan 500-600 m gacha ko‘tariladi. Sovuqqa chidamli. O‘z vatanida yog‘och va meva olish uchun, MDH da esa xushmanzara daraxt sifatida ekiladi. U sovuqqa chidamli bo‘lgani uchun duragaylash va seleksiya ishlarida katta ahamiyatga ega. Manjuriya yong‘og‘i tog‘ qiyaliklarini yuvilib ketishdan saqlash maqsadida ekish uchun tavsiya qilinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.