MЕVA - yopiq urug‘li o‘simliklarning asosiy generativ organlaridan biri hisoblanadi. U ona hujayra urug‘langandan keyin tugunchada rivojlanadi va urug‘ hosil qiladi. Meva rivojlanishida urug‘dan tashqari, gulo‘rin va gulqo‘rg‘on ishtirok etadi. Odatda tuguncha devorlarida meva hosil bo‘lib, u quruq va qattiq (yong‘oq po‘chog‘i) (olxo‘ri, olcha) bo‘ladi. Mevalar morfologik jihatdan turli-tuman shaklga ega: oddiy, soxta meva, mevacha, to‘plam meva ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Oddiy meva guldagi mavjud bitta urug‘chidan rivojlanadi.
MEVA