MARJONDARAXT

MARJONDARAXT (Sambucus L.) buta yoki kichik daraxt bo‘lib, bo‘yi 8 m ga yetadi, shox-shabbasi tarvaqaylab o‘sadi. May-iyun oylarida gullaydi. Mevasi 3 -5 ta mayda danakchali rezavor meva, avgustda yetiladi. Barglari to‘kilib ketsa ham, yetilgan mevalari butada saqlanadi, ular qushlar uchun ozuqa hisoblanadi, o‘z navbatida, qushlar ham urug‘larini  tabiatda tarqalishiga yordam beradi. Urug‘i mayda, yonidan ezik. Bu turkumning qariyb 25 ta turi bo‘lib, ular mo‘tadil va subtropik iqlimli zonalarda tarqalgan.

Next Article

MARYAM DARAXTI