MOMIQ SHIRACHI

MOMIQ SHIRACHI (Eremurus pubescens Vved.) Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloyga xos kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 80-100 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi. Surxondaryo viloyati, To‘palang, Sangardak daryolari havzasida, Boysuntog‘da va Cho‘lbayir tog‘larida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘ning o‘rta qismidagi shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Kichik tuplar hosil qilib o‘sadi.  Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Aholi tomonidan terib ketilishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda. 1961 yildan boshlab O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stiriladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

MO'YLOVDORLAR

Next Article

MONOPODIAL O'SISH