LOLА DАRАXT (Liriodendron tulipifera L.) magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi Liriodendron turkumiga kiruvchi bo‘yi 30 metrga, diametri 2 metrga yetadigan o‘simlikdir. Barglari oddiy lirasimon shaklda, yashil zangori rangda, navbat bilan joylashadi. Gullari lolaning gultojisiga o‘xshaydi. Mevasi qubba shaklida bo‘lib, kuzda yetiladi. Kuzda barglari sarg‘ayib to‘kiladi. Bu daraxt 250 yil yashaydi. U nihoyatda chiroyli daraxt bo‘lganligi uchun ko‘kalamzorlashtirishda keng ekiladi. Lola daraxt Shimoliy Аmerikaning sharqiy tumanlaridagi yaproq bargli o‘rmonzorlarida yovvoyi holda o‘sadi. Uning Xitoy liriodendroni (Liriodendron chinensis Sarg.) turi Xitoyda tarqalgan. Lola daraxti Toshkent shahri sharoitida yaxshi o‘sib, gullaydi, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ekilmoqda. Manba: Dendrologiya. 2015.
LOLА DАRАXT