LIGISTRUM

LIGISTRUM (Ligustrum) turkumiga 50 ga yaqin tur kiritilgan bo‘lib, o‘rmon xo‘jaligi uchun ahamiyatlisi oddiy ligistrum, devorgul (Ligustrum vulgaris L.) hisoblanadi. Tez ko‘payadigan sershox, bo‘yi 3-4 metrgacha bo‘lgan buta. Devorgul iyun oyida gullaydi, sentyabr-oktyabrda mevalari pishib yetiladi. Аsosan qalamchalarida tez ko‘payadi, tirik devor sifatida ko‘plab ekiladi, shoxlari qirquvga yaxshi moslashgan. Tuproqni himoya qiluvchi buta sifatida o‘rmon melioratsiyasida ko‘plab ekiladi. Yoshligida sekin o‘sadi, keyinchalik o‘sishi tezlashadi. 8-10 yoshida gullaydi. -30 C sovuqlarga bemalol chidaydi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

PRIVET

Русский

ЛИГУСТРУМ

Deutsch

LIGISTER