KUCHLI SHAMOLLAR - daraxtlar shox-shabbasi shaklini ham o‘zgartiradi, ular bir tomonlama rivojlanadi, ba’zi daraxt turlari yer bag‘irlab o‘sishga moslashadi. Masalan dengiz qirg‘oqlarida o‘suvchi qarag‘ay, tog‘ o‘rmon zonasining yuqori chegarasida o‘suvchi kedr, archa stlantik formalar hosil qiladi. Kuchli shamollar o‘rmon hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi: daraxtlar sinishi, ildizidan qo‘porilib yiqilishi kuzatiladi. Shamolning foydali tomoni shundaki, ko‘pgina qimmatli o‘simliklar terak, zarang, saksovul, tollarning qanotchali va tukli urug‘lari uzoq masofalarga uchib tarqaladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article