KULRANG YONG'OQ

KULRANG YONG‘OQ (Juglans cinerea L.) katta daraxt, po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan, kulrang. Novda kurtaklari va barglari tukli. Mevasi cho‘zinchoq, yong‘og‘i o‘tkir uchli, qo‘ng‘ir jigar rangda, cho‘tir. Urug‘i mayda, lekin sermoy. Bu yong‘oq Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida tarqalgan. MDH da xushmanzara daraxt sifatida ekiladi, sovuqqa chidamli, soyasevar. U o‘rmon va o‘rmon-dasht zonalarida yaxshi o‘sadi. Yer tanlamaydi. Qurg‘oqchilikka chidamsiz. U 75 yil yashashi mumkin. Po‘stlog‘ida tannid moddasi bor. Yong‘og‘i sermoy bo‘lib, tez buziladi, ya’ni taxir bo‘lib qoladi. Yog‘ochi jigar rangli, texnikaviy xossasi yaxshi. O‘rmonlarni yangilash va tuproqni yuvilib ketishidan saqlash uchun ekish tavsiya qilinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

KUCHLI SHAMOLLAR

Next Article

KUMUSHSIMON JIYDA