KO'P YILLIK O'SIMLIKLAR (lot. plantae perennis) – 1. Bir necha yil (baʼzan 100 yil) davomida yashaydigan o‘t va chala buta o‘simliklar. O‘simliklar bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik deb shartli ravishda ajratiladi. Chunki baʼzi ko‘p yillik tropik o‘simliklar (masalan, kanakunjut - Ricinus communis) o‘rta iqlim sharoitlarda faqat bir yillik o‘simlik sifatida yoki ayrim bir yillik o‘simliklar tog‘larda ko‘p yillik o‘simlik sifatida o‘sa oladi (baʼzan daraxt va butalarni ham ko‘p yilliklar deb ataydilar). Аyrim daraxtlar 100, 500 hatto 1000 yil va undan ko‘p yillar davomida o‘sib turadigan o‘simliklar.
English
Русский
Deutsch
Prev Article