KO'P MЕVALI ARCHA

KO‘P MЕVALI ARCHA (Juniperus  polycarpos C.Koch.) daraxt bo‘lib, bo‘yi 10-12 m ga, diametri 1,5 m ga yetadi. Shox-shabbasi keng piramida shaklida, po‘stlog‘i qizg‘ish-kulrangda bo‘lib, tushib ketadigan mayda tangachalar bilan qoplangan. Mevali novdalaridagi ignabarglar tangachasimon bo‘lib, qarama-qarshi joylashadi. Yetilgan qubbalari kalta bandli, sharsimon, binafsha yoki qora-ko‘k rangda bo‘lib, 4-6 ta tangachaning o‘zaro qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Qubbada 4-6 dona urug‘ yetiladi. Bu archa urug‘idan ko‘payadi. Tog‘ qiyaliklaridagi toshli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. U qurg‘oqchilikka, issiqqa va sovuqqa chidamli. Yog‘ochi duradgorlikda ishlatiladi. Bargidan efir moyi olinadi. U Kavkazda, sharqiy va janubiy Kavkazortida tarqalgan. Turkiya va Iroqda ham o‘sadi.  Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

KO'CHKI