KAZAK ARCHA, YER BAG‘IRLAB O‘SUVCHI ARCHA (Juniperus sabina L.). Bu archa Oltoy, Sayan tog‘larida, Markaziy Osiyo, Qrim va Kavkazning shimoliy tog‘larida ham tabiiy o‘sadi. Bu archa turi Markaziy Osiyo tog‘laridagi archazorlarni yuqori tarqalish chegaralarida 2800-3200 metr dengiz sathidan balandliklarda ham o‘sadi. Aprel-may oyida gullaydi. Bu archaning ildiz tizimi yuzaki, tuproqqa va namga kam talabchan. Sovuqqa chidamli. Sekin o‘sadi. Urug‘idan va qalamchalaridan ko‘payadi. Ninabargi, qubbasi va shoxlarida zaharli xossalarga ega efir moyi mavjud. Bu archa turi boshqa turlar bilan archazorlar hosil qiladi, ular suvni saqlash, tuproqni himoyalash funksiyalarini bajaradi. Ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
KAZAK ARCHA