KEDR (Cedrus Trew.) turkumi, bular yirik daraxt bo‘lib bo‘yi 50 m ga yetadi. Novdalari uzun bo‘lishi bilan tilog‘ochga o‘xshaydi. Bu novdalarda ignabarglari bittadan bo‘lib, spiral holda va qisqargan novdalarida to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Changi ikki pufakli bo‘lib, qoraqarag‘ayning changiga o‘xshab ketadi. Kedrning turlari umuman tilog‘ochga o‘xshasa-da, qishda ignabarglari to‘kilib ketmasligi bilan farq qiladi. Yorug‘sevar va issiqsevar bo‘lib, qurg‘oqchilikka chidamli, qulay sharoitda, suv to‘xtamaydigan drenajli qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi.
KEDR