KESISH YO'NALISHI

KESISH YO‘NALISHI - har bir keyingi kesish maydoni oldingisiga nisbatan joylashgan yo‘nalish. O‘rmonlarda kesish yo‘nalishi har doim kesish maydonining yo‘nalishiga perpendikulyar va shamollar yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lishi kerak. Bu nafaqat o‘rmonlarni qayta tiklash va ko‘chatlarni salbiy ta’sirlardan himoya qilish uchun yaxshi sharoitlarni taminlaydi, balki o‘rmonlarni shamolning halokatli ta’siridan himoya qiladi. Tog‘ yonbag‘irlarida kesish yo‘nalishi qiyalik bo‘ylab yuqoridan pastgacha olinadi. Har bir uchastkaning ichida kesish nishablikning pastdan tepaga qarab amalga oshiriladi.