KOSMOPOLIT AREALLI O‘SIMLIKLAR – bu arealni hosil qiluvchi turlar tabiiy zonalarda tarqalgan bo‘lib, bir necha materikni egallaydi. Keng arealli o‘simliklar – bu xil areal hosil qiluvchi turlar bir necha materikni va ular oralig‘idagi bir necha zonani ishg‘ol qiladi. Bunday keng arealli daraxt turlariga oddiy qarag‘ay, tog‘ terak, so‘galli qayin misol bo‘lishi mumkin. Tor arealli o‘simliklar – biror materikning ma’lum qisminigina ishg‘ol qiladi. Bularga qoraqayin, grab va zarnab turlari kiradi. Endemik turlar areali – daraxtlar egallagan hudud nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Masalan, xandon pista ham Markaziy Osiyo respublikalari va Eronning tog‘ etaklarida qurg‘oqchil lalmi yerlarda keng tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article