KOMSTOK QURTI

KOMSTOK QURTI - teng qanotlilar turkumining, koktsidlar Coccinea kenja turkumiga mansub. Keng tarqalgan, hasharot. Uni deyarli barcha mevali va manzarali daraxt, daraxtsimon o‘simliklar hamda ayrim o‘tsimon o‘simliklarda uchratish mumkin. Mevali daraxtlardan anor, olma, nok, shaftoli, shuningdek tutlarni qattiq zararlaydi. O‘zbekiston sharoitida komstok qurti madaniy va yovvoyi o‘simliklarning 300 dan ko‘p turini zararlashi mumkin. U o‘simliklarning barcha qismini (mevasini, hatto ildizini ham) shikastlaydi. Qurtning zararidan o‘simlik barglari sarg‘ayib quriydi, novdalari qing‘ir-qiyshiq bo‘lib qoladi, daraxt tanasi, ildizlari va shoxlarida shish va yoriqlar hosil bo‘ladi. Mevalarning sifati yomonlashib, daraxt hosildorligi pasayib ketadi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.