KASHTАN

KАSHTАN (Castanea) turkumining vakillari katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m ga yetadi. Nektarli o‘simlik. Mevasi oktyabr oyining boshlarida yetiladi va noyabr oyi davomida yerga to‘kiladi. Kashtan yosh vaqtida tez o‘sadi. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yerga chuqur kirib boradi. To‘nkasidan ko‘karadi, ko‘p yil yashaydi, 1000-1500 yillik daraxtlari bor. U nihoyatda yorug‘sevar va issiqsevar daraxt. Kavkazda kashtanning mevasi yig‘ib olinadi, qaynatib yoki qovurib isteʼmol qilinadi. Tarkibida kraxmal va yog‘ moddalari, vitamin ko‘p bo‘lib, juda foydali oziq-ovqat resursi hisoblanadi. Undan konditer mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

CHESTNUT

Русский

КАШТАН

Deutsch

KASTANIE