JUNG‘OR DO‘LANASI (Crataegus songorica C.Koch.) Ushbu do‘lana tog‘larning o‘rta qismida ko‘p tarqalgan, Markaziy Osiyo va Qozog‘iston tog‘ daryolari havzalarida ko‘plab o‘sadi. Balandligi 5 metrgacha, shox-shabbalari yaxshi rivojlangan kichik daraxt. Novdalari uzunligi 1,5 sm gacha bo‘lgan jigarrang tikanlar bilan qoplangan. Barglari oval-rombsimon, asosi keng, chekkalari tishli. Mevalari sharsimon, 13 mm diametrli to‘q qizil 3-4 tadan danakchalari mavjud. Mevasi to‘q qizil unsimon, iste’mol uchun yaroqli.
JUNG'OR DO'LANASI